Makregor-Chendler jangi bekor qilindi

Sport

image

Mashhur irlandiyalik MMA jangchisi, yengil va eng yengil vazn toifasida sobiq ikki karra UFC chempioni Konor Makgregor hamda 70 kg vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik Maykl Chandler o‘rtasidagi jang rasman bekor qilindi. Bu haqda tashkilot rahbari Dana Uayt ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Makgregor va Chandler o‘rtasidagi jang 29 iyun kuni Las-Vegasda UFC 303 turnirida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

3 iyun kuni liga rahbariyati Dublinda Konor Makgregor va Maykl Chandler ishtirok etishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanini bekor qildi, bu esa jangning ehtimoliy bekor qilinishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi va yakunda to‘qnashuv haqiqatdan ham bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, Makgregor oxirgi marta Dastin Porega qarshi ikkita jang o‘tkazgan. 2021 yil yanvarida irlandiyalik ikkinchi raundda nokaut bilan yutqazgan, o‘sha yilning iyul oyida o‘tkazilgan bahsda esa Konor birinchi raundda texnik nokautga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Maykl Chandler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing