Maxsus komissiya Suriyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
31 may 2019
7618“Mehr” dasturini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi Yaqin Sharqdan olib kelingan o‘zbekistonliklar bo‘yicha bayonot berdi.
“Hech kimga sir emas Suriya davlatidagi bo‘layotgan urush jarayoni, terrorchilik va ekstremistik harakatlarga bir qator bizning o‘zbekistonliklar ham aralashib qolgan. Lekin ularning ichida o‘zi tushunib-tushinmasdan, adashib borib qolgan, ekstremistik guruhlar faoliyatining jabrini ko‘rganlar ham mavjud.
Joriy йилнинг 30 may kuni yurtboshimiz raxnamoligida 156 nafar fuqaroni, xususan, 48 nafar ayol, 107 nafar bolani kurdlar lageridan o‘z Vataniga qaytarishga erishildi. Ular алдов yo‘llari bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar (Suriya) hududiga adashib borib qolgan fuqarolarimizdir.
Og‘ir hayotiy davrni boshdan o‘tkazib, Vatanga qaytgan hamyurtlarimizga O‘zbekiston Hukumati reabilitatsiya va jamiyatga qayta moslashishlari uchun har tomonlama yordam кўрсатади.
Xususan, davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq Hukumat qarori bilan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov raxbarligida Maxsus komissiya tashkil etildi va Maxsus komissiya tarkibiga kirgan barcha mas’ul vazirlik va idoralar mutasaddilariga аниқ vazifalar belgilab qo‘yildi.
Qaytarilgan vatandoshlarimizga tegishli xizmat turlarini ko‘rsatish uchun maxsus komissiya tarkibiga Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Adliya, Ichki ishlar, Фавқулодда vaziyatlar vazirliklari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xotin-қизлар qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, Respublika madaniyat markazidan tegishli rahbar va xodimlar jalb qilindi.
Respublikaga qaytarilgan Vatandoshlarimizni ijtimoiy reabilitatsiya hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent viloyatida hududidagi barcha керакли sharoitlar yaratilgan sanatoriyga joylashtirildi.
Vatandoshlarimizga va ularning oila a’zolariga ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy yordam berish maqsadida sanatoriyda barcha mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan ularga kunu-tun (24 soat) ko‘maklashish uchun vakillar biriktirildi.
Sanatoriyning o‘zida ularga tibbiy yordam va psixosotsial ko‘mak berish, shaxsiy hujjatlarni tiklash, bandligini ta’minlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish hamda ijtimoiy nafaqalar to‘lash choralari ko‘rilmoqda.
Vatandoshlarimiz o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ularning 30 nafarida har xil kasalliklar tashhislandi. Jumladan statsionar davolanishga muhtoj 2 fuqaro kasalligi bo‘yicha tegishli shifoxonga joylashtirildi, 3 nafar bola uchun sanatoriyning o‘zida alohida kunduzgi statsionar tashkil etildi. Қолганлари sanatoriyda umumiy sharoitda sog‘lomlashtirila boshlandi.
Vatandoshlarimiz o‘zlari uchun ajratilgan хоналарга oila a’zolari bilan birga joylashtirildi va zarur barcha sharoitlar яратилди, shu jumladan, uyqu va dam olish xonalari, кўчма мактаб va maktabgacha ta’lim xonalari, bolalar uchun o‘yingohlar, uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlovchi oshxona tashkillashtirildi.
Sanatoriyda yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida xalqaro YUNISEF tashkilotining O‘zbekistondagi vaколатхонаси raxbari Sasha Graumann va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frezer tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar va tashkiliy ishlarga yuksak baho berishdi.
Turli sabablarga ko‘ra begona юртларда og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimizga ularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasida ekanliklarini, davlat ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni qo‘llashini ma’lum qilishni burchimiz deb hisoblaymiz”, deyiladi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov e’lon qilgan bayonotda.
LiveBarchasi