Suriyaliklar vaziyatni AQSH va Fransiya yordamisiz hal qilishi kerak – Tramp
Olam
−
11 dekabr 2024 2956 1 daqiqa
Suriya hukumati va aholisi respublikadagi mavjud vaziyatni mustaqil ravishda yengishi kerak. Bu haqda AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp “Paris Match” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning qayd etishicha, hozir dunyo ko‘plab inqirozlarni boshidan kechirmoqda. Gap, shuningdek, bir necha kun oldin mojaro avj olgan Suriyadagi og‘ir vaziyat haqida ketmoqda.
“Ular (suriyaliklar) mustaqil ravishda to‘liq dosh berishlari kerak, chunki biz (AQSH) va Fransiya bunda ishtirok etmayapmiz”, deb ta’kidladi AQSHning bo‘lajak rahbari.
Suriyadagi siyosiy vaziyat noyabr oyi oxirida, mamlakatda mahalliy muxolifatning qurolli guruhlari faollashganidan keyin yomonlashdi. Bir yarim hafta ichida ular Halab shahri va yana bir qancha aholi punktlarini nazorat ostiga olib, poytaxt – Damashq shahriga qarab yurdi.
8 dekabrga o‘tar kechasi muxolifat vakillari Damashqni bosib oldi, shundan so‘ng Suriya qo‘shinlari qo‘mondonligi respublika prezidenti Bashar Asad hukmronligi tugaganini e’lon qildi. Asad esa oilasi bilan Rossiyaga ketdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr