Maxsus komissiya izohi – 15 iyundan faqat xususiy bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
04 iyun 2020
9589Avvalroq, Respublika maxsus komissiyasining galdagi qarori bilan 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 4 iyun kuni maxsus komissiyaning ma’lum qilishicha, 15 iyundan “yashil” va “sariq” hududlarda faqat xususiy bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat bog‘chalari faoliyati esa Maktabgacha ta’lim vazirligi jadvali asosida 15 iyundan 1 iyulga qadar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
• maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;
• maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
• xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
• tana harorati 37°S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.
LiveBarchasi