Bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan bog‘cha tarbiyachisi 6 yilga “kesildi”
Olam
−
28 Oktabr 2019 7677 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olma-Ota shahridagi maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilaridan birini o‘g‘irlashga uringanlikda gumon qilinayotgan tarbiyachi 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlagan ayol 5 yoshli bolani o‘g‘irlab ketishga uringan, keyin u bola uchun uning ota-onasidan pul talab qilgan. Sudlanuvchi Sayagul Janalik Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Bu xatti-harakati uchun sud uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Joriy yilning yozida pul undirish maqsadida bolalar bog‘chasidan bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol qora ko‘zoynak va shlyapa kiyib, o‘zining kimligini yashirishga uringan. U o‘zini bolaning xolasi deb tanishtirib, bolaning ota-onasi avtohalokatga uchragani, shuning uchun bolani olib ketishga majbur bo‘lgani haqida aytgan. Biroq, bolalar bog‘chasi xodimlari "g‘alati ayol"ga ishonmadi va bolaning onasini chaqirishdi.
Bolaning ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, voqeadan bir kun oldin ularga tahdidli xabarlar kelgan. Tergov davomida bolani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol ushbu bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlagani ma’lum bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr