Maxfiy loyiha: Google foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plamoqda

Texnologiya

image

Google korporatsiyasi AQSHning Assention sog‘liqni saqlash tizimi bilan birgalikda 21 shtatdan sog‘lik  to‘g‘risida ma’lumot to‘plash bo‘yicha “maxfiy loyiha“ ustida ish boshladi. Bu haqda "The Wall Street Journal" manbasi  xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, Google  va Assention o‘tgan yili birlashgan. Nighlate deb nomlangan loyihada laboratoriya ma’lumotlari, bemorning ismi va tug‘ilgan sanasi, to‘liq tibbiy tarixi, shifoxonaga yotqizish tarixi va tashxislardan foydalaniladi.

Ushbu ma’lumot bilan, Google bemorlarga shaxsiy davolash kurslarini taklif etadigan yangi dasturiy ta’minotni ishlab chiqmoqchi.

Gazetaga ko‘ra, korporatsiya shifokorlar va bemorlarga ushbu ma’lumotni uzatish to‘g‘risida xabar bermagan.

Ma’lumki, AQSH qonunlari shifoxonalarga bunday ma’lumotlarni bemorlarning roziligisiz o‘zlarining biznes sheriklariga, agar bu ularga tibbiy ishlarni to‘liq bajarishga yordam bersa, yetkazishga ruxsat beradi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

Google Assention

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing