Maxachevning sevimli jangchisi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
06 yanvar 2023 5046 1 daqiqa
Yengil vaznda UFC chempioni Islom Maxachev o‘zining sevimli jangchisi kimligini aytdi.
“Mening sevimli jangchim – Frenki Edgar. U juda ko‘p kuchli yigitlarni mag‘lub etdi. Uning jussasi nisbatan kichikroq bo‘lishiga qaramay, Edgar katta gavdali raqiblarini dog‘da qoldirardi”, deydi Maxachev.
41 yoshli Edgar 2022 yilning noyabrida nafaqaga chiqdi. Xayrlashuv jangida u birinchi raunddayoq Kris Guteresga yutqazgandi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik 31 yoshli jangchi Islom Maxachev o‘tgan yilning asosiy jangida braziliyalik jangchi Charlz Olveyraga qarshi chempionlik kamari uchun oktagonga chiqib, g‘alabaga erishgandi.
Live
Barchasi