Maxachev yarim raundda Xukerni taslim qildi

Sport

image

Ayni daqiqalarda BAA poytaxti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da UFC 267 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Asosiy kardning to‘rtinchi jangida yengil vazn toifasining 5-raqamli jangchisi rossiyalik Islam Maxachev (21-1) Yangi Zelandiya vakili Den Xukerga (21-11) qarshi oktagonga ko‘tarildi va 2 daqiqa 25 soniyada “sabmishn” (ushlash holati) evaziga g‘alaba qozondi. Unga ushbu jangda Habib Nurmuhamedov sekundantlik qildi.

Maxachev avvalgi bellashuvini joriy yilning iyul oyida o‘tkazgan va o‘shanda braziliyalik Tiago Moyzesni mag‘lub etgandi.

Asosiy kardning qolgan janglari quyidagicha ko‘rinish olgan:

Yan Blaxovich – Glover Teysheyra
Pyotr Yan – Kori Sendxagen

Eslatib o‘tamiz, asosiy kardning ikkinchi jangida Hamzat Chimayev xitoylik Li Jinliangni, rossiyalik Zubayra Tuxugov esa erta prelimning markaziy jangida braziliyalik Rikardo Ramosni mag‘lubiyatga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Islam Maxachev Den Xuker

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing