Maxachev Volkanovskiga qarshi jangdan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 21 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 294 turnirida ishtirok etgan sportchilarning qancha gonorar va bonus olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Meta Ratings” xabar berdi.  

Qayd etilishicha, musobaqadagi eng katta gonorar kechaning markaziy jangida avstraliyalik Aleksandr Volkanovskini mag‘lub etgan Rossiya vakili Islom Maxachevga berilgan. U ushbu jangdan 1,79 million dollar miqdorida daromad olgan.

Mazkur  pullarning 750 ming dollari ishtirok uchun, 100 ming dollari g‘alaba uchun, 850 mingi translyatsiyalardan kelgan daromad, 50 ming dollari eng yaxshi jang uchun bonus, 42 ming dollar esa homiylar to‘lovi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Volkanovski esa 1,58 million dollar (750 ming jang uchun, 800 ming translyatsiyalar sotuvidan tushgan mablag‘, 32 ming homiylar to‘lovi) gonorar oldi.

Shuningdek, Hamzat Chimayev 865 ming dollar, unga yutqazgan Kamaru Usmon esa 1,02 million dollar gonorar sohibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islom Maxachev Hamzat Chimaev Aleksandr Volkanovski Kamaru Usmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing