Maxachev Saudiyadagi turnirda ishtirok etmaydi
Sport
−
05 fevral 2024 4288 1 daqiqa
Ultimate Fighting Championship (UFC) chempioni, rossiyalik Islom Maxachev Saudiya Arabistonidagi yozgi turnirda qatnashmaydi. Bu haqda sportchining menejeri Rizvon Magomedov ma’lum qildi.
“Yo‘q, chempion Fight Night turnirlarida qatnashmaydi”, deydi Magomedov.
Saudiya Arabistonidagi turnir dastlab mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, biroq keyinchalik turnir sanasi 22 iyunga ko‘chirildi.
Ma’lumot uchun, Islom Maxachev hozirda 32 yoshda. Uning hisobida 25 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat bor. Maxachev oxirgi jangini o‘tgan yili oktyabr oyida avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi.
Live
Barchasi