Makgregorning navbatdagi jangi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
24 yanvar 2020 17478 1 daqiqa
UFC’ning sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor keyingi jangi joriy yilning yoziga qadar o‘tkazadi. Bu haqda uning menejeri Odi Attar ma’lum qilmoqda.
Ammo irlandiyalik jangchining bu safargi raqibi kim bo‘lishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Konorning murabbiyi Jon Kavana “Yahoo Sports”ga bergan intervyusida ham bu haqida gapirmagan.
“Shuni aytishim mumkin-ki, Konor yozgacha, albatta, jang o‘tkazadi. Agar shunday qilmasa, men juda hayron qolardim”, degan u suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor o‘zining so‘nggi jangini Donald Serrone bilan o‘tkazgan va raqibini 40 soniyadayoq nokautga uchratgan edi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025