Makgregorga tegishli ishratxonaga hujum uyushtirildi
Sport
−
13 yanvar 2022
9950Kecha, 13 yanvar kuni ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning Dublindagi 2 million funt qiymatga ega bari hujumga uchragan.
Guvohlar barga skuter minib kelgan ikki erkak haqida ma’lum qilishgan. Voqea joyida yondiruvchi bombalar ham qoldirilgan. Jinoyatchilar tunda muassasaga tashrif buyurgan Makgregorni o‘sha paytda bar ichida bo‘lgan, deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin.
Keltirilishicha, vayronagarchiliklar kuzatilmagan va hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Makgregor musobaqalarda qatnashmayapti, chunki u 2021 yil iyul oyida o‘tkazilgan UFC 264 turniri doirasida oyog‘ining goleynostop qismini sindirib olgan edi.
Ma’lumot uchun, Makgregor o‘zining Instagram sahifasida yengil vaznning amaldagi chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyrani jangga chorlagan va uni osonlikcha mag‘lub etishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi