Makgregor jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘ sohibiga aylandi 

Sport

image

Irlandiyalik 35 yoshli UFC jangchisi Konor Makgregor Braziliyaning eng ommabop sporti hisoblangan jiu-jitsu (yakkakurash turi) bo‘yicha qora belbog‘ sohibiga aylandi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Bugun murabbiyim va do‘stim Jon Kavanadan qora belbog‘ni oldim. Bu 20 yillik mehnatlarim natijasi! Albatta Jon va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Braziliyacha jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘! Ajoyib!”, deydi Konor Makgregor

Ma’lumot uchun, Makgregor ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni hisoblanadi. Irlandiyalik sportchi UFC'da 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 37 yoshli Chandler esa professional faoliyatida 23 marta g‘alaba qozonib, 8 ta jangida mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH dopingga qarshi kurashish agentligi (USADA) irlandiyalik sportchiga jang qilishga ruxsat bermagan edi. Konor jang o‘tkazishidan avval 6 oy mobaynida USADA tekshiruvida bo‘lishi kerak bo‘lgan, biroq u tashkilotning talablarini bajarishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor jiu-jitsu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made