Konor Makgregor bu yil jang o‘tkaza olmaydi

Sport

image

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor 2023 yilda oktagonga ko‘tarila olmaydi. Sportchi AQSH dopingga qarshi agentligi (USADA)ning so‘rovlariga javob berishdan qochgani uchun janglardan vaqtincha chetlatilgan.

Boshqa bir UFC'chi Toni Fergyusonning so‘zlariga ko‘ra, MakGregorning dunyo bo‘ylab to‘xtovsiz sayohat qilishining sababi bor. Bu USADA vakillari uni dopingga qarshi tekshirishidan qochish bo‘lishi mumkin.

“Konor taxminan besh yoki olti oy davomida USADA testidan qochish uchun zo‘r yechim topdi. Ha u shaytonning o‘zginasi. U Rim, Nyu-York, Monte-Karlo, Kaliforniya, Dublin va Mayami, umuman berkinish mumkin bo‘lgan hamma joyga qochdi. Tabiiyki, u kelmasa, USADA uni izlab yurmaydi”, deydi Toni.

Ma’lumot uchun, Makgregor UFC'da jami 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarning 22 tasida g‘alaba qozongan, 6 tasida esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. U oxirgi marta Dastin Porega qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC Konor Makgregor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing