Makgregor yurishni boshladi, u oktagonga qaytmoqchi (video)

Sport

image

Kecha, 29 avgust kuni, ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor oyog‘i cinganidan keyin oyoqqa turib, ilk qadamlarini namoyish qildi va tiklanish jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

“Bugun ajoyib kun! Operatsiyadan keyin birinchi marta yurdim. Vaznimning 50 foizidan ortig‘iga bardosh bera olyapman. Hali oldinda qilishim kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar bor. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Yaratgan barchangizni himoya qilsin. Xayrli tun”, deya yozgan Makgregor.

Avvalroq, Lionel Messi PSJga o‘tganidan so‘ng, “Forbes”ning eng serdaromad sportchilari reytingida uni ortda qoldirishi mumkinligi sababli “Notorius” tezroq oktagonga qaytmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyulida UFC’ning yengil vazn toifasidagi birinchi raqamli sportchisi, amerikalik Dastin Pore ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi. O‘shanda Makgregorning oyog‘i singan va zambilda olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Yurishni boshladi

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing