Makgregor qachon oktagonga qaytadi?
Sport
−
15 mart 2024
2689Mashhur irlandiyalik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishi haqida fikr bildirdi.
“Men hali ham formadaman, mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Oldin ham aytganimdek, yil boshida yig‘inlar o‘tkazdim. Umid qilamanki, oktagonga qaytishim sanasi 29 iyun bo‘ladi. Bu mening maqsadim. Yana uch yarim oy qoldi”, deydi Makgregor.
35 yoshli Makgregor navbatdagi jangini shu yil 29 iyun kuni amerikalik Maykl Chandlerga qarshi o‘tkazmoqchi.
Konor 2021 yilning yozidan buyon jang o‘tkazmagan, oxirgi marta u AQSH vakili Dastin Porega yutqazib, oyog‘ini sindirgandi.
LiveBarchasi