Makgregor-Chendler jangi bekor qilinishi mumkin
Sport
−
05 iyun
4345Aralash yakkakurash bo‘yicha mashhur irlandiyalik jangchi Konor Makgregor va yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik Maykl Chendler o‘rtasidagi jangning taqdiri so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Ariel Xelvani o‘z X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Hozirda hech qanday yangilik yo‘q. Jang bo‘lib o‘tishiga hali ham umid bor, biroq UFC holatga izoh bermayapti. Tashkilot Makgregor va Chendler o‘rniga umuman boshqa jangchilar ishtirokida turnir tashkillashtirishi ham mumkin”, deydi Xelvani.
Qayd etish joiz, 3 iyun kuni liga rahbariyati Dublinda Konor Makgregor va Maykl Chandler ishtirok etishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanini bekor qildi. Shuningdek, UFC o‘z sahifalaridan Konorning yangi videosini o‘chirib yubordi.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Konor Makgregor oxirgi marta 2021 yil iyul oyida amerikalik Dastin Porega qarshi jang qilib, mag‘lubiyatga uchragandi. 38 yoshli Chendler esa 2022 yil noyabrida oktagonga ko‘tarilib, u ham aynan Porega imkoniyatni boy bergan.
LiveBarchasi