Makeyevkada kamida 11 nafar rus askari o‘ldirilgan (video)
Olam
−
21 noyabr 2022
10935O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir qator videolar Ukraina Qurolli kuchlari rus askarlarini qo‘lga olishga urinib, harbiy jinoyatlar sodir etayaptimi, degan bahs-munozaralarni paydo qildi. Video tasvirlarda kamida 11 nafar rossiyalik jangchi yaqin masofadan otilgan o‘q tufayli vafot etgani ko‘rinadi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar berdi.
Nashr tomonidan tasdiqlangan tasvir urushning dahshatli lahzalariga o‘ziga xos izoh beradi. Biroq bu rus askarlari qanday va nima uchun o‘ldirilganini ko‘rsatmaydi. Oxir-oqibat bu tasvirlar ikki tomon ham yurak va ong uchun kurashda foydalanadigan jumboqni qoldirdi.
Qayd etilishicha, ushbu videolar Ukraina ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan. Videolar Ukraina askarlarining harbiy jasoratlarini maqtash va Rossiya boy bergan hududlarni qahramonlik bilan qaytarib olganlarini e’lon qilish uchun ishlatilgan.
Ammo bu videolar Rossiyada urushning tarafdori bo‘lgan sharhlovchilarning g‘azabiga uchradi va ular mamlakatni xalqaro tergovga undagan.
Moskva va Kiyev xuddi shu epizod uchun bir-birini urush jinoyatlarini sodir etganlikda ayblamoqda. Rossiya ukrain kuchlarini qurolsiz rus harbiy asirlarini shafqatsizlarcha otib tashlagani iddao qilmoqda. Ukraina esa rus askarlari taslim bo‘lish chog‘ida o‘t ochganini aytmoqda.
Manbaga ko‘ra, Rossiya joriy yilning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganidan beri ikki tomon bir-birini harbiy jinoyatlarda ayblab keladi. Biroq Rossiyaning jinoyatlari Ukraina ayblayotganlaridan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa bu voqea tekshirilishi kerakligini aytgan. Ya’ni asirlarni sudsiz o‘limga hukm qilish haqidagi iddaolar zudlik bilan tekshirilishi va aybdorlar jazoga tortilishi lozim.
Gazetaning xulosasiga ko‘ra, ushbu tasvirlar joriy yilning 12 noyabr kuni ukrain Telegram kanallarida tarqatilgan. Qotilliklar Lugansk viloyatining Makeyevka qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Bu videolar sun’iy yo‘ldosh tasvirlar orqali ham aynan Makeyevkada sodir bo‘lgani tasdiqlagan.
LiveBarchasi