MAK samolyoti Lanchjouda favqulodda qo‘ndi
Olam
−
08 noyabr 2019
3954“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Pekindan Toshkentga uchayotgan samolyoti Xitoyning Lanchjou shahrida joylashgan aeroportga favqulodda qo‘ndi.
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 6 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:50da HY-502 reysining Pekin – Toshkent yo‘nalishida uchayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari“ MAKning samolyoti Gansu provinsiyasining Lanchjou shahridagi aeroportga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘nish yo‘lovchilar – O‘zbekiston fuqarolari A.S., M.M., D.A hamda uning ayoli va o‘g‘li Rossiya fuqarolarining sog‘ligi yomonlashgani sababli amalga oshirilgan. Samolyot qo‘nib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, 5 nafar yo‘lovchilar shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
7 noyabr kuni soat 5:41da samolyot Toshkentga uchib ketgan.
O‘zbekiston elchixonasi tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatgan bo‘lib, vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
LiveBarchasi