Tramp homiylariga Sulaymoniy qanday o‘ldirilganini aytib berdi
Olam
−
19 yanvar 2020
13037AQSH Prezidenti Donald Tramp eronlik general Qosim Sulaymoniy Amerika haqidagi nojo‘ya gaplari sabab yo‘q qilinganini ma’lum qildi. U bu haqda Floridadagi Mar-a-Lago villasida Respublikachilar partiyasi homiylari uchun tashkil etilgan kechki ovqatda aytib o‘tdi. Bu haqda tadbirda yozib olingan audioyozuvlarga tayanib "The Washington Post" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tramp o‘z nutqida Sulaymoniy o‘ldirilish sababi sifatida aytilgan AQSH manfatlariga tahdid va elchixonalarga hujum haqida gapirmagan. Amerika rahbari AQSH generalni yo‘q qilish amaliyotini o‘tkazishdan ikki hafta avval uni kuzatuvga olgan. Trampning aytishicha, kuzatuv davomida Sulaymoniy AQSH haqida nojo‘ya so‘zlar aytgani qayd qilingan.
“U bizning davlat haqida nojo‘ya gaplar aytgan, go‘yoki biz ularga hujum qilmoqchiligimiz, odamlarini o‘ldirmoqchiligimizni aytgan. Men shunda aytdim: “Menga qarang, bu safsatani yana qancha eshitamiz?”, deb Trampning audioyozuvdagi so‘zlarini keltirib o‘tgan The Washington Post.
Homiylar Trampning bu gaplarini olqishlar bilan qarshilashgan. Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Sulaymoniyni “yo‘l chetidagi bombalar otasi” deb atagan va qo‘l-oyog‘i yo‘q har bir qiz va o‘smir uchun javobgarlikni uning zimmasiga yuklagan.
Tramp amaliyotning borishini daqiqama-daqiqa kuzatib turgan.
“[Sulaymoniy] o‘lishiga yana 2 daqiqa 11 soniya qoldi, ser. Ular zirhlagan avtomobilda. Ser, ularning o‘limiga taxminan bir daqiqa qoldi, ser, 30 soniya. 10, 9, 8... Va birdaniga “bum” deyildi”, deb tasvirlab bergan Tramp harbiylar hisobotini.
Shuningdek, Tramp tadbirdagi nutqida mudofaa byudjeti 2,5 trln dollargacha oshirilgani va uning pullarni sarflashi hamda AQSH qarzining tobora oshib borayotganini tanqid qiluvchilarga befarqlik bilan javob berishi bilan maqtangan.
Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida amerikalik harbiylari zarbasi oqibatida halok bo‘lgandi. Uning o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikni oshirib yubordi. Eron Sulaymoniyning o‘ldirilishiga Iroqdagi AQSH harbiy bazalariga hujum bilan javob qaytardi.
LiveBarchasi