MAK Xitoyga muntazam reyslarni 4 fevraldan to‘xtatadi
Jamiyat
−
02 fevral 2020
4097Joriy yilning 4 fevralidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga (Pekin va Urumchi) qatnovchi muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoyishi bilan respublika maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Xitoydan qaytarish va mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus tarqalishi sababli O‘zbekiston Hukumat komissiyasi ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida yuz bergan. Keyinchalik yuqtirish holatlari Xitoyning boshqa shaharlarida, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand, AQSH, Kanada, Fransiya, Avstraliya va boshqa davlatlarda qayd etilgan.
LiveBarchasi