Maişiy gaz ballonlari uçun maxsus postlar oçilişi mumkin

O‘zbekiston

−

visibility2535 timer2 daqiqa

image

Özbekistonda avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari hududida maişiy gaz ballonlarini töldirişga möljallangan alohida postlar taşkil etiş taklif qilinmoqda. Bu orqali aholiga ballonlarni xavfsiz töldiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratiş közda tutilgan. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, aholiga maişiy gaz ballonlarini töldiriş böyiça qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida tegişli taşkilotlarga takliflar kiritilgan. Unga köra, avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari hududida uşbu xizmatni xavfsiz amalga oşiriş uçun maxsus jihozlangan postlar taşkil etilişi mumkin.

“Hududgazta’minot” ma’lumotlariga köra, maişiy gaz ballonlarini töldiriş xizmati aholi uçun çeklanmagan. Amaldagi tartib böyiça bunday xizmat tegişli xavfsizlik talablariga javob beradigan va belgilangan tartibda ruxsat olgan maxsus gaz töldiriş stansiyalari (GTS) hamda şoxobçalari (GTŞ) orqali körsatiladi.

Respublika böyiça LPG-Trade MÇJ tasarrufiga kirmaydigan 360 dan ortiq gaz töldiriş stansiyasi va şoxobçasi mavjud. Ular mustaqil yuridik şaxslar tomonidan boşqariladi va aholiga tegişli maişiy gaz ballonlarini töldiriş huquqiga ega.

Şu bilan birga, avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy gaz ballonlarini töldiriş xavfsizlik nuqtai nazaridan taqiqlangan. Uşbu talabni buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik 2027 yil 5 fevraldan kuçga kiradi.

Hozirça 360 dan ortiq gaz töldiriş şoxobçasi va stansiyasining hududlar kesimidagi joylaşuvi, şuningdek, ulardagi xizmat narxlari haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing