Samarqanddagi mudhish YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
05 Oktabr 2020
8222Kecha, 4 oktyabr kuni Samarqand viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
YTH soat 20:30 da Narpay tuman “Oqoltin” MFYda hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nukus” M-37 avtomobil yo‘lining 96 km.da sodir bo‘lgan. Haydovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi 42 yoshli Z.B. boshqaruvida bo‘lgan Tacuma rusumli avtomashinasi bilan “Toshkent-Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi o‘rtadagi beton to‘siqqa urilgan.
Natijada, haydovchi Z.B. va yo‘lovchi 26 yoshli N.A. voqea joyida, boshqa bir yo‘lovchi 37 yoshli M.S. esa olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Shuningdek, avtomashinada bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchilar 41 yoshli X.Q. va uning ukasi J.Q. turli xildagi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan 4 oktyabr kuni Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.