Ziroat Mirziyoyeva Samarqandda tuzilgan Global tarmoqqa rais bo‘ldi
Jamiyat
−
19:03 1060 2 daqiqa
Bugun, 21 oktyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” jahon sammitida doirasida og‘ir xastalikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Global tarmoq tuzilishi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondining vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Global tarmoq tuzilishini AQSHning “St. Jude” bolalarilmiy-tadqiqot shifoxonasi vitse-prezidenti, “St. Jude Global”direktori Karlos Rodriges-Galindo e’lon qilgan.

Global tarmoq og‘ir va hayot uchun xavfli, jumladan, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida xalqaro hamkorlik va tajriba almashish uchun birinchi xonimlar hamda davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini birlashtiradi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi bo‘lgan. Uning raislikka kirishish marosimi Bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro kongress doirasida o‘tkazilgan.


“Bu qaror O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar, shuningdek, Ziroat Mirziyoyevaning saratonga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalanishinita’minlash hamda hayotiy holaridan qat’i nazar, har bir bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishdagi faol va yetakchi o‘rnining e’tirofidir”, deyiladi xabarda.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Respublikasining Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi – mamlakat Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi