Mag‘lubiyatsiz odimlayotgan o‘zbek prof bokschisi ochiq dengizda jang qiladi

Sport

image

Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Abdurasul Ismoilov  navbatdagi jangini 17 aprel kuni o‘tkazadi.

Ismoilovga shu kuni rossiyalik Aleksandr Golubkov raqiblik qiladi. Mazkur boks oqshomi alohida ahamiyatga ega, ya’ni kemada – ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi. Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yo‘lga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham to‘xtab o‘tadi. Boks oqshomi esa Yaponiya hududidagi ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, Abdurasul Ismoilov  shu paytga qadar jami 4 marta ringga ko‘tarilgan bo‘lib, janglarning hammasida g‘alaba qozongan. 3 bor raqiblarini nakautga uchratgan. Uning bo‘lajak raqibi Aleksandr Golubkov esa, umumiy hisobda 7 ta jang o‘tkazib, ulardan 4 tasida g‘alabani o‘ziniki qilgan. 2 ta bahsda durrang natija qayd etilib, bir bor imkoniyatni boy bergan. G‘alabalarining 2 tasini nakaut evaziga qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning “COCKY BUFFALLO” promouterlik kompaniyasi tarkibida mashg‘ulotlar olib bormoqda. So‘nggi marta u 17 mart kuni janubiy koreyalik Yong Min Kimni (5-3-1, 1 KO) 8 raundlik jangda ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchratgandi
 


Maqola muallifi

Teglar

Professional boks Abdurasul Ismoilov

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing