Magistraturaga hujjat topshirish muddati va imtihon masalasida rasmiy izoh berildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni O‘zbekistonning ta’lim sohasi rahbarlari Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov, Davlat test markazi direktori Madjit Karimov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayevlar ishtirokida onlayn-brifing o‘tkazilyapti.

Brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov magistratura bosqichiga qabul, imtihon va yakunlovchi kurs magistrantlarining dissertatsiya himoyasi masalasiga aniqlik kiritdi.

Magistraturaga kirish uchun hujjatlar topshirish jarayoni qanday o‘tkaziladi va muddatlarida o‘zgarishlar bo‘ladimi?

“Magistraturaga kirish uchun hujjatlar belgilangan tartibda 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga kirish uchun abituriyentlarga elektron tarzda hujjatlarni topshirish imkoniyatlari yaratiladi”, dedi Inomjon Majidov.

Magistraturaga kirish imtihonlari qanday shaklda o‘tkaziladi va natijalar qanday e’lon qilinadi?

“Magistraturaga kirish imtihonlari karantin tadbirlaridan kelib chiqqan holda Nizomda belgilangan shakllarda yoki test shaklida o‘tkazilishi mumkin.

Kirish imtihonlari natijalari muayyan oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi”, dedi vazir javoban.

Magistratura mutaxasisliklari bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari qanday tartibda o‘tkaziladi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov:

“Magistratura mutaxasisliklari bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ZOOM yoki boshqa dasturlar orqali masofaviy shaklda o‘tkaziladi.”


Maqola muallifi

Teglar

imtihon magistratura

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing