Magistratura va doktoranturada talab etiladigan til bilish sertifikatlari ro‘yxati yangilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab Oliy ta’lim muassasalarining magistratura hamda doktorantura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur o‘zgarishlar joriy yildan boshlab amal qiladi. Yangi ro‘yxatda ingliz, italyan va turk tilida o‘zgarishlar bor.

Quyida ro‘yxatdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishishingiz mumkin:

Ingliz tilidan – Cambridge Assessment English Linguaskill;

Italyan tilidan – Accademia Italiana di Lingua (AIL);

Turk tilidan – İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER) olib tashlangan.

Shuningdek, ingliz tiliga International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus xalqaro sertifikati qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oliy ta'lim muassasalari magistratura doktorantura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing