“Magic city”da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
07 Oktabr
8149Kecha, 6 oktyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan “Magic city” oilaviy bog‘i kirish qismida yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanining Furqat ko‘chasida joylashgan bog‘ning ichkarisiga kirish qismidagi kabina yonib ketgan. FVB kelib tushgan chaqiruvga asosan, yong‘in-qutqaruv texnikalari yong‘in hududiga soat 18:48 da yetib borib, yong‘in soat 18:49 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida kabina yonib zararlangan. Sodir bo‘lgan hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat agrar universiteti hududida yong‘in yuz bergandi. Universitet 28 gektar maydonni egallagan bo‘lib, uning hududida bir qancha tashkilot va idoralar, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi, jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi ham universitetning bir qismida joylashgan. Universitet binolaridan birida sodir bo‘lgan deb ta’kidlanayotgan yong‘in aynan O‘rmon xo‘jaligi agentligi joylashgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan. So‘ngra sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.