Magdeburgdagi fojia: gumonlanuvchi haqida nimalar ma’lum?

Olam

image

Kecha, 20 dekabr Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yeri poytaxti Magdeburg shahrining markazida joylashgan Rojdestvo yarmarkasida katta tezlikda olomonni bosib ketgan BMW haydovchisi shaxsiga aniqlik kiritildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

“Die Welt” gazetasiga ko‘ra, hujum qilgan shaxs 1974 yilda tug‘ilgan erkak bo‘lib, 2006 yilda Saudiya Arabistonidan Germaniyaga shifokor bo‘lib kelgan.

Haftalik chop etiladigan “Der Spiegel” nashri 50 yoshli gumonlanuvchi Tolib al-Abdulmuhsin psixiatr va psixoterapevt ekanini yozgan. U mamlakatga dastlab malaka oshirish uchun tashrif buyurgan. Shifokor vaqt o‘tib mamlakatda qo‘nim topgan.

Erkak Magdeburgdan 50 km uzoqlikda joylashgan Bernburg shahrida yashagan. Germaniyada uzoq vaqt qolishga ruxsati bo‘lgan.

Huquq-tartibot organlari tomonidan gumonlanuvchining yashash joyida tintuvlar o‘tkazilgan.

“Der Spiegel” nashrining yozishicha, Tolib al-Abdulmuhsin ko‘p yillar davomida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar chop etishda faol ishtirok etgan. Xususan, Saudiya Arabistonidan kelgan ayollarga bu davlatdan qanday qochish kerakligi haqida maslahatlar bergan. Bundan tashqari, u Germaniyada siyosiy boshpana berishga bag‘ishlangan o‘z veb-saytiga ega edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saksoniya-Angalt federal yeri poytaxti Magdeburg shahrining markazida joylashgan Rojdestvo yarmarkasida BMV katta tezlikda olomonni bosib ketgandi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va 60 dan ortiq odam jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya BMW Tolib al-Abdulmuhsin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing