Maduroning qamoqxonadan olingan fotosuratlari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Venesuelaning AQSH tomonidan o‘g‘irlangan prezidenti Nikolas Maduroning qamoqxonadan olingan yangi fotosuratlari paydo bo‘ldi. Tasvirlar uning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan.

Fotosuratlar 25 iyun sanasi bilan qayd etilgan.

“Matonat bilan turganimizni, yuragimiz sizning mehr-muhabbatingizga to‘la ekanini bilishingizni xohlayman”, deb izohlangan Maduroning tasvirlari ijtimoiy tarmoqda.

Boshqa bir postda siyosatchi fotosuratlar uning nevaralariga, shuningdek “o‘g‘il-qizlar va uni yaxshi ko‘radigan barcha olijanob insonlarga” bag‘ishlanganini yozgan.

Eslatib o‘tamiz, Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores joriy yilning 3 yanvarga o‘tar kechasi bor-yo‘i 2 soat-u 20 daqiqa davom etgan AQSHning “Mutlaq qatiyat” (Operation Absolute Resolve) operatsiyasi davomida qo‘lga olinib, Qo‘shma Shtatlarga olib ketilgan edi. Er-xotin “narkoterrorizm”, giyohvand moddalar kontrabandasi va qurol saqlashda ayblandi. Ular Qo‘shma Shtatlarga desant kemasi va samolyotda yetkazilgan. Maduro va Flores aybini tan olmayapti.

Maduro ilk bor bor-yo‘g‘i ikki kun o‘tib, 5 yanvar kuni Amerika sudi oldida ko‘rinish berdi. Janubiy Amerika respublikasi rasmiylari sodir bo‘lgan voqeani harbiy agressiya deb atadi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar boshidagi voqealar davomida yuz kishi halok bo‘lgan.

Joriy yilning iyun oyida Amerika sudyasi Maduro va uning rafiqasi ustidan sud jarayoni boshlanishini 2027 yilning iyun oyiga belgiladi. Sud jarayoni aynan shu vaqtda boshlanishini ham prokuratura, ham hibsda ushlab turilgan er-xotinning advokatlari yoqlab chiqdi.

AQSH hukumati 2019 yildan beri Maduroni Venesuelaning legitim yetakchisi sifatida tan olmaydi. May oyida Venesuelaning yangi hukumati Maduroning eng yaqin ittifoqchilaridan biri – tadbirkor Aleks Saabni AQSHga deportatsiya qildi. 2023 yil dekabrda ilgari mablag‘larni o‘zlashtirishda gumonlanib AQSHda hibsga olingan Saab mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan, Venesuelaga qaytgan va hatto u yerda sanoat vaziri lavozimini egallagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing