Bugun 4 kishi vafot etib, 300 dan ortiq odam koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekistonda 304 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 531 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent,  Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 316 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 63607 nafar bemordan 60717 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 359 nafar bemordan 308 nafari og‘ir, 91 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing