Maduro Prezident sifatida so‘nggi kunlarini yashamoqda – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH-Venesuela urushi ehtimolini shubha ostiga oldi, ammo Prezident Nikolas Maduroning mamlakat rahbari sifatidagi kunlari sanoqli qolganini aytdi. Bu haqda u kecha, 2 noyabr kuni CBS News nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Ikki mamlakat o‘rtasida harbiy harakatlar ehtimoli haqida so‘ralganda, Oq uy rahbari buni inkor etgan. 

“Men bunga shubha qilaman. Menimcha, unday emas. Lekin ular bizga juda yomon munosabatda bo‘lishdi, nafaqat giyohvand moddalar bilan – ular biz xohlamagan yuz minglab odamlarni mamlakatimizga olib kirishdi”, deya ta’kidlagan Oq uy rahbari. 

Shuningdek, Maduro yaqinda hozirgi lavozimini tark etadimi yoki yo‘qmi, degan savolga hech ikikilanishsiz “ha” deya javob bergan. 

“Maduro Prezident sifatidagi so‘nggi kunlarini yashamoqda”, degan Tramp. 

2025 yil sentyabr oyining boshidan beri AQSH harbiy kemalari Venesuela giyohvand moddalar kartellari bilan bog‘liq deb hisoblagan xalqaro suvlardagi kemalarga bir necha bor zarba berdi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi kurashni e’lon qilib, Venesuela qirg‘oqlari yaqinida bir guruh kichik harbiy kemalarni va Puerto-Rikoda qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi.

Sentyabr oyi o‘rtalarida Karakas Venesuela hududiy suvlarida “Karib dengizi suvereniteti 200” deb nomlangan harbiy mashqlar o‘tkazdi. OAV 7 oktyabr kuni Tramp Venesuela bilan munosabatlarni tartibga solish urinishlaridan voz kechgani haqida xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH mojaroni avj oldirish uchun bir nechta ssenariylarni ishlab chiqqan, jumladan, Maduroni hokimiyatdan majburan chetlatish rejasini ham. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikolas Maduro AQSHning Karib mintaqasidagi harbiy faolligi ortidan Rossiya rahbari Vladimir Putinga murojaat qilib, mamlakatga raketalar, radarlar va modernizatsiya qilingan samolyotlar yetkazib berishni so‘ragandi. Venesuela, shuningdek, Xitoy va Eronga ham murojaat qilgan. Maduoro Xitoy rahbari Si Szinpinga yo‘llagan xatida ikki davlat o‘rtasida “harbiy hamkorlikni kengaytirish”ni so‘rab, bu “AQSH va Venesuela o‘rtasidagi keskinlikka javob chorasi” ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Donal'd Tramp Nikolas Maduro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing