Maduro hibsga olindi va sud oldida javob beradi – AQSH senatori

Olam

image

AQSHning respublikachi senatori Mayk Li Davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga tayanib, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQSHda jinoiy ayblovlari bo‘yicha sud oldida javob berishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Hozirgina AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali gaplashdim. U menga Nikolas Maduro AQSH harbiylari tomonidan hibsga olingani va Qo‘shma Shtatlarda jinoiy ayblovlari asosida javobgarlikka tortilishi haqida xabar berdi”, deb yozdi Li.

U, shuningdek, bugun, 3 yanvar kuni Venesuelada sodir bo‘lgan kuch ishlatish harakatlari hibsga olish orderini ijro etayotgan shaxslarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilganini qayd etgan.

AQSHning Venesuelaga hujumi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela poytaxti Karakas shahrida kamida yettita portlash sodir bo‘lgani, шаҳар­нинг bir qismi elektr energiyasiz qolgani haqida xabar berilgan edi. Portlash tovushlari shaharning turli hududlarida, shuningdek Simon Bolivar nomidagi Mayketiya aeroporti va La-Guayra porti atrofida ham eshitilgan.

Keyinroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSHni Venesuelani bombardimon qilishda ayblab, BMTning favqulodda yig‘ilishini chaqirishga chaqirdi. Shundan so‘ng CBS telekanali AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi qator ob’ektlarga, jumladan harbiy nishonlarga zarba berish buyrug‘ini berganini ma’lum qildi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda keng qamrovli mudofaa tizimini zudlik bilan ishga tushirish va milliy kuchlarni safarbar etish bo‘yicha buyruq berdi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.

Bundan oldin AQSH zarbalaridan keyin Nikolas Maduroning qayerdaligi noma’lumligi, biroq uning eng yaqin atrofidagilarning ayrimlari xavfsiz joyda ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Keyinchalik Donald Tramp Venesuelaga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berib, Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingani va mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Rossiya AQSHning Venesuealaga qilgan hujumini qoraladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela Nikolas Maduro Marko Rubio Mayk Li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing