Madrimovning raqibi WBC kamaridan mahrum qilindi
Sport
−
28 may
8588Amerikalik bokschi Terens Krouford endi Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasi chempioni emas. Bu haqda “BoxingScene” xabar berdi.
Ayni paytda bokschining maqomi “ta’tildagi chempion” sifatida belgilangan. Krouford o‘tgan yozda Errol Spensni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, WBC chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida 36 yoshli Terens o‘zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi ringga chiqadi. U profboksda 40 ta g‘alabasi (31 tasi nokaut bilan) qayd etgan. 29 yoshli Isroil Madrimov esa 11 ta jangda qatnashib, 10 tasida g‘alaba qozongan. Madrimov ishtirokidagi 1 ta jangda durang qayd etilgan.