Madrimov yengilmas Krouford bilan jang qilishi mumkin
Sport
−
19 aprel
6269O‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini mutlaq chempioni amerikalik Terens Kroufordga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “BoxingScene” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda mazkur jangni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. Bu jang orqali 29 yoshli Madrimov o‘z kamarini himoya qiladi.
To‘qnashuv shu yilning avgust oyida AQSHning Kaliforniya shtatida o‘tkazilishi kutilmoqda. Madrimov-Krouford jangi Saudiya ko‘ngilochar boshqarmasi rahbari Turkiy ash-Shayx tomonidan “Matchroom Boxing“ promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etish joiz, Madrimov oxirgi jangini rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi o‘tkazib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi. 36 yoshli Terens Krouford professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U 31 ta to‘qnashuvda raqiblarini nokautga uchratgan.
LiveBarchasi