Madrimov Toshkentda qanday kutib olindi? (fotoreportaj)

Sport

image

Joriy yilning 5 oktyabr kuni AQSHning Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasida meksikalik raqibi Alexandro Barreraga qarshi jangni muddatidan avval yakunlagan Isroil Madrimov Toshkentga yetib keldi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Madrimovni Ichki ishlar vazirligi orkestri tantanali musiqa sadolari ostida kutib oldi. 

Bokschini tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchining yaqinlari, OAV vakillari va yuzlab boks ishqibozlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov o‘zining professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasini ham nokaut bilan tantana qildi. Shuningdek, u o‘ziga tegishli bo‘lgan “WBA InterContinental “ kamarini ham himoya etdi. 

Madrimov Toshkentda qisqa ta’tildan so‘ng yana mashg‘ulotlarni boshlab yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing