Madrimov Kroufordga qarshi jang qiladi – manba
Sport
−
20 aprel 2024 8611 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi, WBA kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini amerikalik yengilmas bokschi, yarimo‘rta vazn toifasida WBC, WBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi va vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingi yetakchisi Terens Kroufordga qarshi jang qiladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu jang 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joiz, Krouford oxirgi jangida hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundda texnik nokautga uchratib, yarimo‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi. 36 yoshli Terens hisobida profboksda erishilgan 40 ta g‘alaba mavjud. Madrimov esa oxirgi jangini rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi o‘tkazib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28