Madrimov Krouford - Ortis ehtimoliy jangiga taxmin bildirdi

Sport

image

Professional boksning WBA yo‘nalishidagi sobiq chempion Isroil Madrimov Terens Krouford boks intellekti va tezligi evaziga Verjil Ortisni mag‘lub eta olishiga ishonadi. Bu haqda u “Secondsout” nashriga bergan intervyusida aytdi. 

“Krouford top va u yuqori darajadagi jangchi. Unda kuch, boks intellekti va tezligi bor. Terensdagi barcha sifatlar yuqori darajada. Shu sabab, Krouford Ortisni mag‘lub eta oladi”, deydi Madrimov.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil Madrimov va Terens Krouford 2024 yilning 4 avgustida to‘qnash kelgan va unda ochkolar hisobiga ko‘ra Krouford g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevralga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Isroil Madrimov WBC vakant vaqtinchalik chempion kamari uchun amerikalik Verjil Ortisga qarshi ringga ko‘tarildi va yakunda ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, Madrimov faoliyatidagi 2-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Professional boks Isroil Madrimov WBA Terens Krouford Verjil Ortis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing