Madrimov - Krouford oqshomida yana kimlar ringga chiqadi?

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 3 avgust kuni Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Butunjahon boks tashkiloti (WBA) kamari uchun amerikalik yengilmas Terens Kroufordga qarshi jang qiladi. Madrimov-Krouford jangi bo‘ladigan kechada yana bir qator boks yulduzlari ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Avstraliya vakili Tim Szyu (24-1, 17 KO) hamda amerikalik Verjil Ortis (20-0, 20 KO) ham 3 avgust kuni o‘tkaziladigan boks kechasida o‘zaro hisob-kitob qilib oladi, biroq Ortis Szyuga qarshi jangni kafolatlashi uchun 27 aprel kuni puerto-rikolik Tomas Dulorme qarshi bahsda g‘alaba qozonishi kerak.

Qayd etish joiz, rossiyalik boks afsonasi Konstantin Szyuning o‘g‘li hisoblangan Tim oxirgi jangini Sebastyan Fundoraga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan. O‘z navbatida Madrimov-Krouford jangi g‘olibi keyinchalik aynan Fundora bilan to‘qnash kelishi mumkin.

Shuningdek, Madrimov-Krouford oqshomida super og‘ir vazndagi amerikalik mashhur bokschi Endi Ruis ham jang qiladi. 34 yoshli Ruisga 35 yoshli hamyurti Jarrel Miller raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Madrimov Kroufordga qarshi jang bo‘yicha matbuot anjumanida ishtirok etishi uchun Amerikaga uchib ketgani xabar qilingandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Terens Krouford Tim Tszyu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing