Madridda Mbappe surati tushirilgan sharflar sotilmoqda

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe fransuz klubini tark etib, “Real”ga o‘tish ehtimoli yuqori. Ijtimoiy tarmoqlarda “Santyago Bernabeu” stadionidagi savdo nuqtalarida sotilayotgan Fransiya terma jamoasi futbolchisi rasmlari aks etgan Madrid jamoasi sharflarining suratlari tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli Kilian Mbappe “Real” bilan shartnomaning yakuniy shartlari bo‘yicha allaqachon kelishib olgan. Shartnoma 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradi. “Qaymoqranglilar” Mbappe bilan shartnoma borasidagi barcha masalalarni yaqin haftalarda yakunlamoqchi, biroq uning transferi mavsum tugaganidan keyin e’lon qilinadi.

Mbappe 2017 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. 25 yoshli futbolchi parijliklar bilan 13 ta sovrin yutdi. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing