Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

YeCHL 1/8 final. Madrid derbisida “qirollik klubi”ning qo‘li baland keldi

Sport

image

Bugun, 5 mart kuni UEFA Chempionlar Ligasining nimchorak final bosqichida Madrid derbisi doirasida “Real” o‘z uyida “Atletiko”ni qabul qildi. Dastlabki bahs 2:1 hisobida “qirollik klubi” foydasiga hal bo‘ldi.

Mezbonlar o‘yinning ilk soniyalaridan ustunlikni qo‘lga kiritgan holda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Rodrigo 4-daqiqada Federiko Valverdening chiroyli uzatmasini golga aylantirdi. Ammo 32-daqiqada Xulian Alvares o‘rtadagi farqni yo‘qqa chiqardi. Shundan so‘ng taym oxirigacha golli vaziyat yuzaga kelmadi.

Ikkinchi taym esa kutilganidek, “Real”ning kichik ustunligi bilan boshlandi. “Qirollik klubi” taymning dastlabki 10 daqiqasi ichida mazkur ustunlikni golga aylantirishga erishdi. 55-daqiqada Braim Diaz mezbonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan keyin “Real” o‘yinning qolgan qismini nisbatan kattaroq ustunlik bilan o‘tkazdi. O‘yin asosan “matraschilar” jarima maydoni atrofida kechdi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay xavfli va golga tortuvchi vaziyatlar kam sodir bo‘ldi.

“Atletiko Madrid” keyingi daqiqalarda o‘yinni 6 nafar himoyachi bilan himoyalangan holda yakunladi. Hisob esa o‘zgarishsiz qoldi. “Real” foydasiga 2:1.

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi kelgusi hafta, 12 mart kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Real Madrid Atletiko Madrid UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing