Madrasalarda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston
−
26 Sentyabr 2020 20407 1 daqiqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasalarda o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yili uchun 2020 yil 16-17 sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020 yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining @mandat_muslim_uz_bot Telegram boti orqali e’lon qilindi.
Abituriyentlar mazkur botda shaxsiy DTM maxsus kodini kiritish orqali o‘zining test sinovi natijalari bilishlari mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarining qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi. Test sinovlarining shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida qabul imtihonlari o‘tkaziladigan joylar kuzatuv kameralari bilan jihozlanib, Davlat test markazi jalb qilgan kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilib borildi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr