Madonna reanimatsiyada
Madaniyat-san’at
−
29 iyun 2023 14692 1 daqiqa
Madonna "jiddiy bakterial infeksiya" bilan shifoxonaga yotqizildi. Hozirda u jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
“24 iyun kuni Madonnada jiddiy bakterial infeksiya aniqlandi, bu esa uning intensiv terapiya bo‘limida bir necha kun qolishiga sabab bo‘ldi. Madonnaning salomatligi yaxshilanmoqda, ammo hali ham tibbiy nazorat ostida. Biz uning salomatligi to‘liq tiklanishini kutyapmiz. Ayni paytda biz barcha majburiyatlarni, shu jumladan, turni ham to‘xtatishimiz kerak”, deb yozadi qo‘shiqchining menejeri Gay Osiri.
Gap shundaki, kasallik sabab xonandaning 15 iyul kuni Vankuverda boshlanishi kerak bo‘lgan “Celebration” gastroli nomalum muddatga qoldirildi.
Dunyo bo‘ylab gastrol 35 shaharni qamrab olishi rejalashtirilgan. Qo‘shiqchi uchun bu tur 40 yillik tengsiz musiqa katalogini nishonlashda ulkan retrospektiv bo‘lishi kerak edi. Gastrol AQSHning Detroyt, Chikago, Nyu-York va Los-Anjeles kabi shaharlarida to‘xtab, 2024 yil yanvar oyida Shimoliy Amerikada yakunlanishi kerak edi.
Hozircha qo‘shiqchining axvoli haqida boshqa ma’lumotlar berilmadi.
“Biz qo‘limizda bo‘lishi bilanoq siz bilan batafsil ma’lumotni baham ko‘ramiz”, deydi Osiri.
Ma’lumot uchun, 2020 yil oxirida xonanda “Madam X” gastrolida jarohat olganidan so‘ng son almashtirish operatsiyasini boshdan o‘tkazgan.
Sevara Husniddinova
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr