Madina Muxtorovaning o‘g‘li bo‘yicha ichki ishlar matbuot anjumani o‘tkazilmoqda
Jamiyat
−
04 yanvar 2020
11485Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan aktrisa Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘lining kaltaklanishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Yunusobod tumani 7-soni IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilyapti. Bu haqda bugun, 4 yanvar kuni shu masala yuzasidan o‘tkazilgan brifingda IIV vakili Zafar Alimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv davomida surishtiruvchi tomonidan hodisaga aloqador barchadan tushuntirish xatlari olinib, holatga oydinlik kiritib borilyapti.
“Olimjonov Mirfayz olgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tibbiy ekspertiza natijasini ko‘rib chiqamiz va surishtiruv organi sifatida tan jarohati yetkazgan shaxsning harakatlariga huquqiy baho bera olamiz”, deydi IIV vakili.
Vasiylik va homiylik organi vakili Muxlisa Qosimova ta’kidlashicha, bola xozirda onasidan ajratilmadi. Bunday chora ona beadab hayot kechirayotgan bo‘lsa, bolaning to‘g‘ri yashashiga xalaqit beradigan holatlar mavjud bo‘lsa ko‘rilishi aytib o‘tildi.
LiveBarchasi