Made in India – Iphone endi Hindistonda ishlab chiqariladimi?
Texnologiya
−
14 fevral 2023
6726AQSH va Xitoy o‘rtasidagi xalqaro keskinlik ta’minot zanjirlari va yo‘nalishlariga jiddiy ta’sir etmoqda. Shunday bir sharoitda “Apple” kompaniyasi kelgusida ishonchli hamkorlik uchun Xitoy chegarasidan tashqarida sheriklar qidirmoqda. Bu o‘ringa nomzod sifatida esa yirik iqtisodiyotni shakllantirgan Hindiston ko‘rilmoqda. Shu bois kelgusida “Apple” mahsulotlari Hindistonda ishlab chiqarilishi ham reallikka aylanishi mumkin. Bu haqida CNN xabar berdi.
Pekinning mintaqadagi asosiy raqibi bo‘lgan Hindiston mavjud imkoniyatni qo‘ldan boy bermoqchi emas. Hindiston rasmiylarining aytishicha, Kaliforniyada joylashgan “Apple” kompaniyasi Hindistondagi ishlab chiqarish umumiy hajmini chorak qismga ko‘paytirishni istamoqda.
Hindiston savdo va sanoat vaziri Piyush Goyalning aytishicha, “Apple” bugungi kunda o‘z mahsulotlarining 5% dan 7% gacha qismini Hindistonda ishlab chiqarmoqda. Bu hajmning 25 foizgacha oshirilishi esa “Apple”ning asosiy hamkori o‘zgarishiga olib keladi.
Amerika brendining bunday xulosaga kelishiga sabab shuki, Xitoydagi bugungi notabiiy vaziyat tarmoq samaradorligini pasaytirmoqda. Shu boisdan ham “Apple” ta’minotchilari Hindistonga intilmoqda.
Bugungi kunda “Apple”ning 95 foiz smartfonlari Xitoyda ishlab chiqariladi. So‘nggi ikki yilda Xitoy hukumati elektronika tarmog‘ini kengaytirishi ortidan kompaniya jiddiy tizim muammolariga uchramoqda. Qudratli “Apple” Xitoy bozorida yo‘qolib bormoqda. Xalqaro bozorda eng boy kompaniya sifatidagi maqomini yo‘qotmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr