Madaniyat vazirligida bir yilda 12 mansabdor kursisidan ayrildi
Olam
−
15 yanvar
3853O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida o‘tgan 2024 yil davomida 12 nafar mansabdor ishdan olindi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Madaniyat vazirining matbuot kotibi Sirojiddin O‘sarov birifingda ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2024 yilda Madaniyat vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida davlat xaridlariga oid qonunbuzilishi holatlari yuzasidan jami 10 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazib, Mehnat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq 19 ta holatda mutasaddi xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etmagan 12 nafar mas’ul rahbar hamda mansabdor shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 20 nafariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilayotgani, mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshirilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar