Yer olib berish evaziga pora olgan Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi
3-sahifa
−
11:16 1088 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Savdo-sanoat palatasi bo‘limi boshlig‘i fuqaroga auksion orqali 2 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga undan olgan 5 mln so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘i M. Ch. fuqaro O. B. ga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishini va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 5 mln so‘mni O. B. ga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 2 gektar davlat zaxirasidagi yerni auksion orqali arzon narxda olib berishni va’da qilgan Ekologiya bo‘limi bosh mutaxassisi va uning kadastrdagi tanishi 12 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr