Madaniyat vazirligi Samarqandda arxitektura yodgorligining buzilishi bo‘yicha BPdan tekshiruv o‘tkazishni so‘radi

Madaniyat-san’at

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 2010 yilgacha davlat va UNESCO himoyasida bo‘lgan Amir Temur ko‘chasi, 14-uy manzilidagi arxitektura yodgorligi buzib tashlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Samarqand shahridagi binoning buzilishiga oid fikrlarga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi. Vazirlik Samarqand shahar hokimiyatidan Amir Temur ko‘chasi, 14-uy buzilishi bo‘yicha tushuntirish berishlarini talab qilish niyatida. 

“Madaniy meros departamenti ekspertlari tomonidan ushbu ob’ekt 2010 yilda madaniy meros ob’ekti ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lsa ham u tarixiy qurilish inshoatinig bir qismi hisoblanar edi. Nega Madaniyat vazirligi Amir Temur ko‘chasi, 14-uy ob’ektining buzilishi, shuningdek u yerdagi buzilishlar haqidagi sud qaroridan xabardor qilinmadi?”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Qayd etilishicha, Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga 1990-2000-yillarda tarixiy ob’ektlarni qaysi sabablarga binoan ro‘yxatdan chiqarilganligi bo‘yicha quyidagi so‘rovnoma asosida tekshiruv o‘tkazilishi masalasi bo‘yicha murojaat qiladi:

•    Ob’ektlar nega ro‘yxatdan chiqarildi?

•    Ushbu xulosalar kim tomonidan qabul qilingan?

•    Xulosalar madaniyat vazirligi va viloyat hokimiyatining qaysi rahbari tomonidan tasdiqlangan?

•    Ro‘yxatdan chiqarilgan boshqa ob’ektlarning taqdiri nima bo‘lgan?
 
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi tomonidan Madaniy meros departamentining barcha viloyatdagi inspeksiyalar faoliyati, shu jumladan, Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasining faoliyati ham o‘rganilib, madaniy meros saqlanilishiga nisbatan bir qancha qonunbuzarliklar aniqlangan. Madaniyat vazirligi ushbu qonunbuzarliklar uchun barcha aybdorlar va Samarqand viloyati madaniy meros bo‘limidagi aloqador shaxslarning mazkur noqonuniy hatti-harakatlariga nisbatan javobgarlik chora-tadbirlari qo‘llanishini bildirgan. Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi rahbari bino buzib bo‘lingach, Departamentga xabar bergan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, agar tarixiy ob’ektning buzilishi Samarqand shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan hamda Madaniyat vazirligi bu jarayonni tasdiqlamagan bo‘lsa, u holda buzilishga oid mas’uliyatni shahar hokimligi o‘z zimmasiga olishi va bunga aloqador shaxslar amalga oshirgan noqonuniy hatti-harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda jazolanishi shart.

“Samarqand viloyati Madaniy meros bo‘limini boshqarish ekspert kengashining barcha qarorlari bekor qilinadi. Sabab, Samarqand viloyati Madaniy meros bo‘limini boshqarish ekspert kengashining tarkibi haqidagi zarur hujjatlar taqdim qilinmagan va shu tufayli ular Madaniy meros departamenti, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan tasdiqlanmagan; Madaniy meros departamenti huzuridagi Ilmiy-tadqiqot kengashida mutaxassislardan birining majburiy ishtirok etishi talablari bajarilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Samarqand viloyati hokimiyati va Samarqand shahar hokimligidan YUNESKO hududlariga qo‘yilgan barcha talab me’yorlariga qat’iy amal qilinishini talab qiladi. Ayni paytda Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil oktyabr oyida tasdiqlangan madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kirgan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishni o‘rganibgina qolmay tarixiy-madaniy ahamiyatga ega, ammo ro‘yxatga kirmagan ob’ektlarni ham asrash masalasini o‘rganib chiqmoqda”, deyiladi vazirlik munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Madaniyat vazirligi

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing