Namanganda qalbaki AQSH dollarlarini sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Chust tumanida qalbaki AQSH dollarini haqiqiy dollarga sotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chust tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.F. (muqaddam sudlangan) fuqaro N.Z.ga qalbaki 1 650 AQSH dollarini haqiqiy 1 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan. Jami 33 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qalbaki 71 200 AQSH dollarini sotayotganlar ushlangandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

DXX Namangan Bosh prokuratura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing