Madaniyat vazirligi Nazarbekovning harakatini xaspo‘shlab chiqdi
Jamiyat
−
05 iyul
27889Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri - Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalib, bu holat keng jamoatchilik tomonidan qonunbuzilish ekanligi ta’kidlangan va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rganish ishlari olib borayotganini bildirgandi. Mazkur holat fonida Madaniyat vazirligi ham munosabat bildirdi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, vazir Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” loyihasi hakamlar hay’ati a’zosi sifatida kiyim do‘koniga borib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga olish jarayonida qatnashish uchun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.
“Libos tanlash jarayonida lavhada aytib o‘tilganidek, Ozodbek Nazarbekov milliy brend rivoji uchun o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib o‘tgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Ya’ni, bundan Ozodbek Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi ko‘zlanmagan”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, vazirlik rasmiy munosabatida Ozodbek Nazarbekovning Madaniyat vaziri, qolaversa, O‘zbekiston xalq artisti va davlat xizmatchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasining barcha qonunlarini hurmat qilishi va ularga qat’iy rioya etishi ta’kidlangan.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, vazir reklama qilgan do‘kon Nazarbekov rahnamoligidagi “Ovoz” loyihasining homiylaridan biri hisoblanadi. Bungacha vazir ushbu teleshou orqali banklardan birini ham reklama qilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr